120 vatt quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan geymerlar uchun mo‘ljallangan smartfonning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

120 vatt quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan geymerlar uchun mo‘ljallangan smartfonning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan hafta ZTE kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi smartfon sertifikatlangani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan edi. Ko‘pchilik bu smartfon nubia Red Magic 6S bo‘lishini taxmin qilgan edi.

O‘QING: Bir nechta jihatdan rekordchi Red Magic 6 hamda Red Magic 6 Pro geymerofonlari chiqdi!

Taxminlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Kompaniya yangi geymerlar uchun mo‘ljallangan smartfonni 6 sentyabr kuni Xitoyda taqdim etmoqchi.

ZTE kompaniyasi Red Magic smartfonining maxsus versiyasini ham sotuvga chiqarmoqchi. Bu yo‘lda esa kompaniya Tencent bilan hamkorlik qilmoqchi.

Red Magic 6S Pro smartfoni haqida yetarlicha ma’lumot mavjud emas. Biroq smartfon Snapdragon 888+ chipi, 120W quvvatlash texnologiyasi ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfon Xitoydan tashqarida ham sotilishi mumkin. Ammo ayrim talablarga ko‘ra, global miqiyosda sotilishi uchun smartfonning quvvatlanish imkoniyati tezligi kamayadi.

O‘QING: 120 vatt nima bo‘pti – naq 200 vattlik tezkor zaryadlanuvchi smartfon chiqyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!