1200 dollarlik Samsung flagmani bu reytingda zo‘rg‘a 10-o‘rinni oldi!

  •   DiMaX
  •  1489
  •  11.05.2020 17:43

1200 dollarlik Samsung flagmani bu reytingda zo‘rg‘a 10-o‘rinni oldi!

DxOMark laboratoriyasi avvalroq Samsung kompaniyasining eng zo‘r flagmani – Galaxy S20 Ultra kamerasini tekshirib ko‘rishgan edi. Narxi 1400 dollarlik bo‘lishiga va kompaniya kamerasini maqtaganiga qaramasdan, kamerofonlar reytingida u atigi 122 ball olgan.

O‘QING: iPhone 11 Pro Max va Galaxy S20 Ultra’dan zo‘r chiqqan xitoycha flagmanni qarshi oling!

Mazkur laboratoriya mutaxassislari endi janubiy koreyaliklarning yana bir zo‘r smartfoni – Samsung Galaxy S20+ bosh kamerasi bo‘yicha ham test natijalarini e’lon qilishdi. Buni qarangki, uning ko‘rsatkichlari yanada past chiqdi: fotosuratlar sifati bo‘yicha 127 ball, videoga olish borasida esa bor-yo‘g‘i 100 ball!

Shunday qilib, reytingda Galaxy S20+ umumiy 118 ball bilan o‘ninchi o‘rinnigina egallay olgan. Uning bosh kamerasi imkoniyatlarini tekshirish jarayonlari bilan batafsil (inglizchada) tanishishni istaganlar mana bu havola orqali DxOMark saytining tegishli sahifasiga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!