120Hz ekran, 64MP kamera va 66 Vt quvvatlanish imkoniyatiga ega Huawei nova 8 Pro 4G smartfoni taqdim etildi

120Hz ekran, 64MP kamera va 66 Vt quvvatlanish imkoniyatiga ega Huawei nova 8 Pro 4G smartfoni taqdim etildi

Huawei o‘tgan yili dekabr oyida nova 8 Pro 5G smartfonini taqdim qilgan edi. Endi esa ayni qurilmaning 4G talqini ham chiqdi.

O‘QING: Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!

Taqdim qilingan yangi smartfon Kirin 985 chipi, Android 10 asosidagi EMUI 11.0 dasturiy ta’minoti va ikki xil xotira konfiguratsiyasi (8GB/128GB va 8GB/256GB) ga ega.

Huawei nova 8 Pro 4G smartfoniga 6.72 dyuym diagonalli FullHD+ 120Hz OLED displey o‘rnatilgan. Displeyning piksel aniqligi 2,676 x 1,236 pikselga teng. Ekran ostiga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan bo‘lsa, ekranning chap tepa qismiga hapdori shaklidagi tuynuk ochilib, unga 16MP keng va 32MP ultrakeng burchakli kameralar o‘rnatilgan.

Orqa panelda esa to‘rt kamerali modul joylashgan bo‘lib, ulardan asosiysi 64MP, ultrakengi 8MP, sath kamerasi 2MP va makro kamerasi 2MP rezolyutsiyaga ega.

nova 8 Pro 4G to‘rt xil rangda sotuvga chiqadi. Smartfonni USB-C porti orqali 66 Vt da quvvatlanuvchi 4,000 mAs sig‘imli akkumulyator zaryad bilan ta’minlaydi. Huawei'ning aytishicha, qadoq tarkibiga kiritilgan quvvatlagich qurilmani 15 daqiqada 60% ga, 35 daqiqada 100% ga zaryadlaydi.

Kompaniya ushbu smartfon narxini va u qaysi bozorlarda sotuvga chiqishini hozircha ma’lum qilmadi. Biroq nova 8 Pro 4G o‘zining 5G'da ishlovchi «egizagi»dan arzonroq bo‘lishi aniq. Ma’lumot uchun, nova 8 Pro 5G'ning 8GB/128GBlik talqini 615 dollar, 8GB/256GBlik talqini esa 680 dollardan sotuvga chiqqandi.

O‘QING: HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!