12/256GB xotiraga ega bo‘lgan ommabop Redmi smartfonining narxi rekord darajada pastladi

12/256GB xotiraga ega bo‘lgan ommabop Redmi smartfonining narxi rekord darajada pastladi

Kecha Jingdong saytidagi rasmiy Xiaomi do‘koni 12/256GB xotiraga ega bo‘lgan Redmi K40 smartfonining narxini 359 dollargacha pasaytirganini e’lon qildi. Bu haqida IXBT xabar bermoqda

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Redmi Note 11 Pro anboksing jarayonida (+video) 

Smartfon dastlab 420 dollardan sotila boshlangan edi, keyin esa uning narxi 385 dollargacha tushdi. Xiaomi va Redmi rahbariyati bir necha bor Redmi K40'ni eng ko‘p sotilgan hamda narxiga arziydigan eng yaxshi smartfonlardan biri deb ta’kidlagan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Redmi K40 qurilmasi Snapdragon 870 chipi, LPDDR5 va UFS 3.1 xotirasi, 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi hamda FHD+ rezolyutsiyadagi AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ushbu displey Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqailgan bo‘lib, DisplayMate A+ darajasiga ega. 

Shuningdek, smartfon Wi-Fi 6E, infraqizil port, Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamiklar, ikki diapazonli GPS, NFC hamda IP53 chang va namlikdan himoya standartiga ega. 

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi K40s smartfonini taqdim etmoqchi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.