125 ming dollar Kiyevga qarab ketdi: ukrainalik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha xalqaro chempionatning g‘olibi bo‘lishdi

  •   Saroy
  •  1019
  •  26.07.2018 11:31

125 ming dollar Kiyevga qarab ketdi: ukrainalik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha xalqaro chempionatning g‘olibi bo‘lishdi

Yaqinda Germaniyaning Kyoln shahrida Counter-Strike: Global Offensive —  ESL One Cologne 2018 bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda unchalik taniqli bo‘lmagan Ukrainaning NA`VI jamoasi 125 000 dollarlik mukofotni ilib ketishdi.

O‘QING:Mi Gaming Mouse: Xiaomi geymer sichqonchalarini namoyish qildi

16 ta jamoa ishtirok etgan turnirning mukofot jamg‘armasi 300 000 dollarni tashkil etgan. Bosh mukofot uchun kurash 15 ming tomoshabin ko‘z o‘ngida olib borildi. NA`VI kibersportchilari Qozog‘iston, AQSh, Finlyandiya, Shvetsiya va Daniyadan kelgan raqib jamoalarini mag‘lub etdilar. Finalda esa nemislarning Big jamoasi bilan bellashdi va  3:1 hisobida g‘olib bo‘lishdi. Denis «electronic» Sharipov va  Aleksandr s1mple Kostilevlar finalning eng zo‘r geymerlari deb e’lon qilindi.

O‘QING:Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin