13 may kuni Xiaomi yana bir gadjetini namoyish etadi (+video)
Boyagina biz Xiaomi kompaniyasi Hindiston bozoriga Redmi Note 10S smartfonini taqdim etayotgani haqida yozgan edik. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha tadbirning o‘zida Redmi brendi navbatdagi aqlli soatini ham namoyish qilar ekan.
O‘QING: Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!
Bu haqda yana xitoylik korporatsiyaning Hindiston bo‘linmasi rahbari Manu Kumar Jayn (Manu Kumar Jain) xabar berdi. Twitter tarmog‘ida u e’lon qilgan tizerga ko‘ra, Redmi smart-soati 13 may kuni taqdim etiladi.
Bet you didn't see this coming! 👀
— Manu Kumar Jain (@manukumarjain) May 4, 2021
Brace up to #WearYourVibe and witness the arrival of @RedmiIndia's first _ _ _ _! 😎
RT and let me know your answer.
Arriving alongside the #SavageBeast #RedmiNote10S on 13th May! Get notified: 👉 https://t.co/BoZXUsItkF
I ❤️ #Redmi #Xiaomi pic.twitter.com/qRlPS3eLWM
Allaqachon kompaniya rasmiy saytida yangi smartvotchning sahifasi ham ochilgan va unda mazkur gadjetning ayrim jihatlari ko‘rsatilgan.
Aytish kerakki, mazkur brend bultur kuzda Redmi Watch rusumli birinchi smart-soatini Xitoyda namoyish etgan. Keyinroq esa uni Xiaomi Mi Watch Lite nomi ostida global bozorga ham chiqargan. Hindistonda namoyish etiladigan smartvotch ham shularning qayta nomlangan kloni bo‘ladimi yoki butkul yangi modelmi – bunisi hozircha noma’lum.
O‘QING: Redmi Watch ortidan uning yanada arzon, IP68-himoyali va avtonomligi yuqori raqibi chiqdi!