13 MPli selfikamera bilan jihozlangan HTC X10 kelgusi oyda taqdim etiladi

13 MPli selfikamera bilan jihozlangan HTC X10 kelgusi oyda taqdim etiladi

Tayvanning HTC kompaniyasi 2017 yilning yanvar oyida 13 MPli optik stabilizatsiya funksiyasiga ega bo‘lgan selfikamera bilan jihozlangan HTC X10 smartfonini namoyish qiladi, deb yozmoqda Smartphone nashri. Ushbu model avvalroq sotuvga chiqarilgan HTC X9 qurilmasining davomchisi hisoblanadi.

Manbada qayd etilishicha, modelga 5,5 dyuymli Full HD formatidagi ekran, chastotasi 2 GGs bo‘lgan MediaTek Helio P10 protsessori va 3 GB tezkor xotira o‘rnatiladi. Biroq yangi qurilmaning innovatsion selfikamerasi uning eng muhim afzalliklaridan bo‘lishi aytilmoqda.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda 288 dollarni tashkil qiladi.