13 xil Xiaomi smartfonlari egalari muhim imkoniyatdan mahrum etilyapti

  •   DiMaX
  •  3464
  •  03.06.2020 11:04

13 xil Xiaomi smartfonlari egalari muhim imkoniyatdan mahrum etilyapti

Xiaomi beshta modeldagi qurilmalar egalarini mayning ilk haftasidanoq MIUI 12 testlariga rasman taklif etgan edi. Shulardan ikkitasiga esa u allaqachon mazkur grafik qobiqqa asoslangan global barqaror proshivkani tarqatyapti!

O‘QING: MIUI 12 global proshivkasining tarqatilish grafigini Xiaomi rasman e’lon qildi!

Kompaniya odatda dolzarb smartfonlari uchun MIUI grafik qobig‘ining dastlab sinov versiyasini tarqatadi, keyinroq esa ular uchun barqaror proshivkalar chiqadi. Xiaomi’ning xabar berishicha, 5 sentyabrdan u bir qator smartfonlariga grafik qobiqning test talqinini tarqatishni to‘xtatadi.

Bular quyidagi modellardir:

  1. Xiaomi Mi 8 Youth Edition;
  2. Xiaomi Mi Max 3;
  3. Xiaomi Mi 8 SE;
  4. Xiaomi Mi 8 Screen Fingerprint;
  5. Xiaomi Mi Mix 2S;
  6. Xiaomi Mi 8;
  7. Xiaomi Mi 8 Explorer Edition;
  8. Xiaomi Mi Mix

Bundan tashqari, Xiaomi avvalroq ma’lum qilganki, 20 iyundan mana bu smartfonlar uchun MIUI test versiyalari taqdim etilmaydi:

  1. Xiaomi Mi 6;
  2. Redmi Note 5;
  3. Xiaomi Mi 6X;
  4. Xiaomi Mi Note 3;
  5. Xiaomi Mi Mix 2.

Demak, jami o‘n uchta rusumdagi Xiaomi smartfonlari egalari MIUI test proshivkalarini sinab ko‘rish imkoniyatidan mahrum etilyapti. Ammo ular barqaror MIUI 12 proshivkasigacha yangilanaveradi.

O‘QING: 7 iyungacha Xiaomi va Redmi smartfonlarini yanada arzon olish imkoni bor!