14 yashar o‘smirni Apple nega mukofotlayapti?

  •   DiMaX
  •  1868
  •  09.02.2019 13:05

14 yashar o‘smirni Apple nega mukofotlayapti?

Apple kompaniyasi mobil qurilmalaridagi FaceTime ilovasi ayfon va aypad egalarining o‘zaro va guruhli tarzda ovozli hamda videoli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga imkon beradi. O‘tgan oyning boshida ushbu dasturda jiddiy nuqson topilgandi.

O‘QING: iOS 12'da yana bir qiziq funksiya paydo bo‘ldi

Xatolik shundan iboratki, FaceTime orqali qo‘ng‘iroq qilgan kishi narigi tomondagi odam hali qo‘ng‘iroqni qabul qilmasidan oldinoq uni eshitishi va kuzatishi mumkin edi. Bu hol guruhli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi bilan bog‘liq edi.

Mazkur nuqsonni biror mutaxassis yoki xaker emas, balki oddiy o‘smir topgan. Bu – Arizona shtatida yashovchi Grant ismli o‘n to‘rt yashar foydalanuvchidir. Uning onasi esa mazkur xatolik haqida Apple ishlab chiquvchilariga xabar bergan. Nihoyat, kupertinoliklar FaceTime’dagi hamda Live Photos funksiyasidagi kamchiliklarni bartaraf etuvchi iOS 12.1.4 apdeytini chiqarib tarqatishdi.

Shu bilan birga, Apple ushbu nuqsonni topgan 14 yoshli Grantni «ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi» mukofot taqdim etishini ma’lum qildi. Bu yerda gap qanday miqdordagi mablag‘ yoki qanaqa sovg‘a haqida ketayotgani hozircha noma’lum. Lekin odatda Apple nuqsonlarni topganlarga 200 ming dollargacha haq to‘laydi.

O‘QING: Android-ilova xatosini topib, Google’dan 1000 dollar olish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!