140 dollarlik Redmi Note 9 (Redmi 10X) taqdimot kuni e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  3339
  •  25.04.2020 09:14

140 dollarlik Redmi Note 9 (Redmi 10X) taqdimot kuni e’lon qilindi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi endi Redmi Note 9 5G modelini, uning Redmi Note 9 variantini, eng arzon – Redmi 9 hamda Redmi 9a smartfonlarini taqdim etishi kutilmoqda. Shulardan birining namoyish kunini Redmi rasman e’lon qildi.

O‘QING: MIUI 12 taqdimot kuniyoq tarqatila boshlaydi: dastlab yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati chiqdi!

Biz avvalroq Redmi Note 9 modelining suratlari va xususiyatlarini e’lon qilgan edik. Kompaniya ushbu smartfonini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan onlayn tadbirda taqdim etmoqchi.

Esingizda bo‘lsa, mart oyining boshida MIUI 11 grafik qobig‘ining yangi talqini kodlarini tekshirgan dasturchilar Redmi 10X 4G nomli noma’lum modelga duch kelishgan edi. Endi ma’lum bo‘ldiki, bu – global bozorga Redmi Note 9 modeli ostida chiqadigan smartfonning mahalliy versiyasi ekan.

O‘QING: Redmi K30 arzonlashdi – Redmi K30i taqdimoti yaqinmi?

Redmi Note 9 (Redmi 10X) modelining 6,53 dyuymlik, tasvir aniqligi 1080x2340 piksellik IPS-ekranga va naq 5020 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lishini aytishmoqda. Uning kvadrokamerasi 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga oladi, old kamera esa 13 megapiksellik aniqlikda.

Bu smartfonning apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio G85 protsessori tashkil etadi; uni 3-6 gigabaytlik tezkor va 64-128 gigabaytlik ichki xotiraga ega variantlarda chiqarishadi. Uning narxi 140 dollardan boshlanishi aytilayotir.

O‘QING: Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!