15-16 may kunlari Toshkentda Internetni boshqarish bo‘yicha IV Markaziy Osiyo forumi – CAIGF bo‘lib o‘tadi

15-16 may kunlari Toshkentda Internetni boshqarish bo‘yicha IV Markaziy Osiyo forumi – CAIGF bo‘lib o‘tadi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda 15 va 16 may kunlari  Toshkent shahrida Internetni boshqarish bo‘yicha IV Markaziy Osiyo forumi (CAIGF)ni tashkil etadi. 

Bu yil forumning asosiy mavzusi Markaziy Osiyoning imkoniyatlarini kengaytirishda Internetni rivojlantirish deb ataladi. 

Forumning maqsadi – Markaziy Osiyo mamlakatlarida Internetni boshqarish bo‘yicha siyosat masalalarini muhokama qilish borasida ochiq maydon tashkil etish va uni mustahkamlash, shuningdek, global raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda mintaqa mamlakatlarining ishtirokini kengaytirishdan iborat.

CAIGF Markaziy Osiyo mamlakatlarida Internetni boshqarish borasidagi siyosat masalalarini muhokama qilish bo‘yicha ochiq maydon hisoblanib, har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari, MDH va Yevropadan 200 dan ortiq Internetni boshqarish sohasi, vazirliklar va aloqa ma’muriyatlari, huquq-tartibot organlari hamda kompaniyalar va tadqiqot markazlari mutaxassislarini birlashtiradi.

Forum doirasida ekspertlar hamjamiyati vakillari Internetni boshqarish borasida global va milliy yondashuvlar, kiberxavfsizlik va o‘ta muhim infratuzilmalar muhofazasi, DNS sanoatini taraqqiy ettirish va raqamli infratuzilma sohasidagi tendensiyalarni muhokama qiladi.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor jurnalist va blogerlarga yangi Huawei P30 turkumi smartfonlari kamera imkoniyatlari namoyish etildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!