15 iyulda yirik anons: Xiaomi yangi smartfon, braslet, skuter va boshqa devayslarini namoyish etadi

  •   DiMaX
  •  1008
  •  11.07.2020 12:50

15 iyulda yirik anons: Xiaomi yangi smartfon, braslet, skuter va boshqa devayslarini namoyish etadi

Xiaomi o‘z ekotizimining bir qismiga aylanuvchi bir nechta gadjetlarining global taqdimotiga tayyorgarlik ko‘ryapti. Avvalroq bu haqda insayderlar xabar tarqatishgandi, endi esa kompaniyaning o‘zi buni Twitter orqali e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng arzon – smartfon narxidagi elektroskuterni taqdim etdi

Onlayn namoyish keyingi haftaning chorshanbasi – 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi rasmiy poster mazkur tadbirda ko‘rsatiladigan ayrim mahsulotlarga ishora qilmoqda:

E’tibor bering: birinchi «2» raqamida skuter yoki samokatga, ikkinchisida esa qandaydir smartfonning bosh kamera blogi bor. Bu yerda Redmi 9 modelining global taqdimoti yoki boshqa biror telefon ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xitoyda sotuvga chiqayotgan Redmi 9 modeli ayni shu smartfonning global versiyasidan qanday farq qiladi?

Posterdagi ikkinchi «2» raqamining pastki qismida esa allaqanday kolonka ramzi bor; bu Mi Smart Home Hub aqlli karnayi bo‘lsa kerak.

Birinchi «0» raqami Xiaomi Mi Band 5 fitnes-brasletining global versiyasi – Mi Smart Band 5 modelini anglatyapti. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, uni ikki xil – NFC chipli hamda bu modulsiz qilib chiqarishadi. Shuningdek, keyinroq yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro aqlli bilaguzuklari ham chiqishi aytilgan.

Oxirgi «0» raqami qandaydir televizor yoki monitorning umumjahon taqdimotini bildiradi. Undan tashqari, Xiaomi Mi TV Stick pristavkasining global versiyasi ham kutilmoqda.

O‘QING: Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!