15 iyungacha Samsung smart-televizorlariga chegirma: bittasidan tejalgan pulga yetti yarimta iPhone SE olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1276
  •  08.06.2020 10:05

15 iyungacha Samsung smart-televizorlariga chegirma: bittasidan tejalgan pulga yetti yarimta iPhone SE olish mumkin!

Janubiy koreyalik texnogigant Rossiyadagi rasmiy saytida «Qora juma» – Black Friday aksiyasini e’lon qildi. Qizig‘i – u 6 iyunda boshlangan bo‘lib, naq o‘n kun – 15 iyungacha davom etadi!

O‘QING: Galaxy M01 namoyish etilib, sotuvga ham chiqdi – Redmi va Realme arzon smartfonlariga Samsung javobi! (+video)

Ushbu aksiya doirasida Samsung aqlli televizorlari uchun 40 foizgacha boradigan chegirmalar mavjud. Bu esa qimmat modellar xaridida juda yirik miqdordagi tejamkorlik bo‘ladi.

Eng katta hajmdagi chegirma 82 dyuymlik Smart QLED TV Q900R 8K 2019 modeliga tegishli. Uni avvalgi narxi – 799 990 rubl o‘rniga hozir 499 990 rublga olish mumkin – chegirma naq 300 000 rublga boradi.

Buning qanchalik katta miqdor ekanini tasavvur qilish uchun Apple’ning so‘nggi va mashhur smartfoni – iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) narxiga qarash kifoya. Kupertinolik korporatsiyaning Rossiyadagi rasmiy saytida bu ayfon narxi 39 990 rubldan boshlanadi. Ya’ni, bitta Samsung smart-televizori xarididan tejalgan pulga yetti yarimta so‘nggi rusumdagi ayfon, yoki Apple’ning eng kuchli smartfoni – iPhone 11 Pro Max flagmanidan uchta olish mumkin (Rossiyada uning narxi 99 990 rubldan boshlanadi)!

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!