15 kundan keyin O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobar oshadi

15 kundan keyin O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobar oshadi

Shu yilning dekabr oyidan internet tezligi 10 barobarga oshirilishi kutilmoqda.
 
O‘tgan yili Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasida kelgusi yilda internet tezligi 2,5 barobarga oshirilishi haqida aytilgan.
 
Joriy yilning yanvar oyida ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev dekabr oyidan boshlab O‘zbekistondagi xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligi 8-10 barobarga oshirilishi lozimligi haqida gapirib o‘tgan edi. 
 
Uza.uz sayti internet tezligining 10 barobar oshirilishi bilan bog‘liq savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaat qildi. Vazirlik internet tezligi masalasi bilan “O‘zbektelekom” AK shug‘ullanishini bildirdi.
 
“O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimi Yunus Kamolovning muxbirimizga javob berishicha, shu yilning 1 dekabr sanasidan O‘zbekistonda internet tezligi aynan Prezident aytganidek, 10 barobarga oshiriladi. Hozirda texnik ishlar yakuniga yetkazilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarda internet 10 barobarga tezlashishi qayd etilgan.
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!