15 sentyabrda iPhone 12’larni kutib xomtama bo‘lmang!

  •   DiMaX
  •  1555
  •  10.09.2020 14:45

15 sentyabrda iPhone 12’larni kutib xomtama bo‘lmang!

Kupertinolik korporatsiya kuni kecha kuzgi taqdimot marosimini 15 sentyabr kuni, Apple Park kampusida o‘tkazishini e’lon qilgan edi. Apple o‘sha tadbirida aynan nimalarni namoyish etishini aytmayapti, fanatlar esa eng ko‘p to‘rtta modeldagi iPhone 12 smartfonlarini kutishmoqda.

O‘QING: EKSKLYuZIV: iPhone 12’ni birinchi marta «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Lekin so‘nggi xabarlarga ko‘ra, ushbu marosimda yangi ayfonlar taqdim etilmaydi. Bu haqda dastlab Bloomberg jurnalisti Mark Gurman (Mark Gurman) yozgan, keyin esa taniqli bloger Jon Prosser (Jon Prosser) ham tasdiqlagan edi.

Endi esa bu ma’lumotni mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) ham tasdiqladi. U AQShdagi uyali aloqa operatorlaridan birining reklama maktubidan olingan skrinshotni e’lon qildi:

Ushbu xatda yozilishicha, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi yangi iPhone 12’lar uchun oldindan buyurtma olish 20 oktyabr kuni yakunlanadi. Apple odatda yangi mahsulotlari uchun bir hafta davomida avvaldan buyurtma oladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, yangi ayfonlarini u 13 oktyabrda namoyish etadi.

15 sentyabrdagi taqdimotga qaytadigan bo‘lsak, o‘sha kuni yangilangan iPad Air plansheti, Apple Watch Series 6 smart-soati va boshqa mahsulotlarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: iPhone 12 chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!