15 xil Xiaomi smartfonlari endi yangilanmaydi, 20 xildagisi uchun MIUI ishlab chiqish to‘xtatildi!

  •   DiMaX
  •  3715
  •  15.10.2019 11:11

15 xil Xiaomi smartfonlari endi yangilanmaydi, 20 xildagisi uchun MIUI ishlab chiqish to‘xtatildi!

Xiaomi kompaniyasi sinovchi-dasturchilar uchun MIUI 9.10.14 test jamlanmasi yo‘riqnomasini e’lon qildi. Unda rasman ma’lum qilinishicha, naq 15 rusumdagi Xiaomi hamda Redmi mobil qurilmalariga endi tizim yangilanishlari kelmaydi.

O‘QING: Barqaror MIUI 11 proshivkasi yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga yetib keldi

MIUI yangilanishlaridan mahrum etilgan qurilmalar qatorida quyidagi smartfonlar va bitta planshet bor:

  1. Redmi Note 4X
  2. Redmi 4X
  3. standart va ilg‘or versiyalardagi Redmi Note 5A
  4. Xiaomi 5C
  5. Xiaomi Max 2
  6. Xiaomi Note 2
  7. Xiaomi Mix
  8. Xiaomi Mi 5s
  9. Xiaomi Mi 5s Plus
  10. Redmi 5 Plus
  11. Xiaomi 5X
  12. Redmi 5A
  13. Redmi 5
  14. Xiaomi Mi Pad 3

O‘QING: Ko‘plab Xiaomi smartfonlari egalarini bir imkoniyatdan mahrum etishdi

Bundan tashqari, foydalanishga ta’sir etuvchi muammolar tufayli quyidagi modellar uchun MIUI yangilanishlarining ishlab chiqilishi ham vaqtincha to‘xtatilgan:

  1. Xiaomi Mi Play
  2. Redmi 6A
  3. Redmi 6
  4. Mi Note 3
  5. Redmi Note 5
  6. Mi 6X
  7. Redmi 6 Pro
  8. Redmi Note 7
  9. Redmi Note 7 Pro
  10. Mi 6
  11. Mi Mix 2
  12. Mi 8 Youth Edition
  13. Xiaomi Max 3
  14. Xiaomi CC9
  15. Xiaomi CC9 Mito Custom Edition
  16. Xiaomi CC9e
  17. Xiaomi Mi 9 Pro
  18. Redmi Note 8 Pro
  19. Xiaomi Mi Pad 4
  20. Xiaomi Mi Pad 4 Plus

 Qolgan rusumlardagi devayslar uchun MIUI 9.10.14 sinov jamlanmasi chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Eslatib o‘tamiz, global sotuvga qo‘yilgan ko‘plab Xiaomi telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin. Darvoqe, «Xitoycha Apple»ning yaqinda namoyish qilingan smartfonlari – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro modellari ham yetib kelgan.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!