150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

  •   DiMaX
  •  4472
  •  10.10.2020 11:51

150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Yaqinda Yevropa bozoriga taqdim etilgan flagmanlar – Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro modellari endi Redmi brendi ostida boshqa nom bilan chiqadi. Insayderlar xabariga ko‘ra, ular tegishlicha Redmi K30T va Redmi K30T Pro modeli sifatida shu oydayoq namoyish qilinadi.

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Yangi tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Redmi brendi o‘sha flagmanlar bilan birga taqdim qilingan «yengillashtirilgan» smartfon – Xiaomi Mi 10T Lite modelini ham «begona qilmoqchi emas». Digital Chat Station nikli insayderning yozishicha, Redmi Note 10 aynan uning rebrending qilingan varianti bo‘ladi.

Redmi Note 10 kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik displey hamda Snapdragon 750G protsessori bilan ham jihozlanadi. Smartfonning 4800 mA/soatlik akkumulyatori esa 33 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

Shu bilan birga, kutilayotgan qurilma Xiaomi Mi 10T Lite’ning aynan kloni bo‘lmasdan, balki hatto undan yaxshiroq ham bo‘ladi, deydi insayder. Aniqrog‘i, Redmi Note 10 bosh kamerasida asosiy datchik 108 megapiksellik bo‘lib, yana teleob’yektivli va makrokamera ham qo‘llanadi.

Eslatib o‘tamiz, global versiyadagi Xiaomi Mi 10T Lite modelida 64 megapiksellik asosiy modul, 8 megapiksellik keng burchakli sensor, shuningdek har biri 2 megapiksellik makrokamera va sahna chuqurligi datchigi qo‘llangan.

Agar shu mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topsa, bu model 108 megapiksellik kamerali ilk Redmi smartfoni bo‘ladi. Kutilayotganidek 150 dollari atrofida baholansa, uning ommabop telefonlardan biri bo‘lishi aniq.

O‘QING: Smartfon bozoridagi tengsiz lider ikkinchi o‘rin egasidan uch yarim marta o‘zib ketdi!