$150 evaziga 48 MPlik kvadrokamera va 6000 mAs batareyali Galaxy M12 to‘liq namoyish qilindi!

  •   DiMaX
  •  2008
  •  11.03.2021 17:50

$150 evaziga 48 MPlik kvadrokamera va 6000 mAs batareyali Galaxy M12 to‘liq namoyish qilindi!

Samsung kompaniyasi yaqinda Galaxy M12 smartfonining aksariyat xususiyatlarini Vetnamdagi rasmiy saytiga chiqargan edi. Endi bo‘lsa ushbu hamyonbop qurilmasini Hindistonda to‘laqonli taqdim etdi – Amazon mahalliy do‘konida uning narxiyu barcha ma’lumotlari berilgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

Galaxy M12 modelining asosiy jihatlarini mana bu xabarimizda ko‘rsatib o‘tganmiz, endi esa o‘shanda aytilmagan xususiyatlariga nazar solamiz. Avvalo, uning displeyi 90 gerslik kadr yangilanish chastotasiga ega. Tag‘in ekran yuzasiga Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan.

Smartfonda NFC moduli yo‘q, lekin global versiyasiga mazkur chip ham qo‘shilishi mumkin, deyishmoqda. Samsung bu mahsulotini Android 11 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan OneUI 3.0 Core grafik qobig‘i bilan taklif etmoqda.

Galaxy M12 smartfonining Hindistondagi savdosi 18 martda boshlanadi. Uning tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytlik versiyasi bor-yo‘g‘i 150 AQSh dollariga teng narx belgilangan. Xotira konfiguratsiyasi 6/128 gigabaytligi uchun esa 185 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Samsung Galaxy A12'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz