16 fevralgacha «She’riyat sehri» tanlovida qatnashib, Mi Band 3 yutib oling!

  •   DiMaX
  •  351
  •  09.02.2021 11:02

16 fevralgacha «She’riyat sehri» tanlovida qatnashib, Mi Band 3 yutib oling!

Kuni kecha biz «Navoiydan 100 sadaf» mobil ilovasi yaratilgani haqida xabar bergan edik. Mobiuz uyali aloqa operatori esa Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlab tanlov e’lon qildi.

O‘QING: Abonentlarning eng dolzarb yuzta savoliga operator rahbariyati javob berdi

«She’riyat sehri» deb nomlangan mazkur tanlov kompaniyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etish uchun foydalanuvchilar quyidagi shartlarni bajarishlari lozim:

1) «Mobiuz mobil aloqa operatori» (@mobiuz.uzbekistan) sahifasiga obuna bo‘lish;

2) Tanlov postiga «Like» qo‘yish;

3) Postga izoh tarzida Navoiy yoki Bobur she’riyatidan o‘zlari yoqtirgan satrlarni yozish.

«She’riyat sehri» tanlovida yutuqqa besh dona Mi Band 3 aqlli bilaguzugi qo‘yilgan. Tanlov g‘oliblari 2021 yilning 16 fevralida aniqlanadi, unda ishtirok etish shartlari bilan batafsil tanishish uchun esa mana bu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Oyiga atigi 8000 so‘mlik «Yengil» tarif rejasi chiqdi!