16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

  •   DiMaX
  •  4714
  •  19.06.2020 09:45

16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Xiaomi kompaniyasi turli rusumlardagi smartfonlariga MIUI 12 grafik qobig‘i asosida yangi proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda. Shu bilan birga, u mazkur apdeytning beta-versiyalari endi taqdim etilmaydigan modellar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12, yana biriga esa allaqachon MIUI 12.0.1 proshivkasini tarqatyapti!

Bu yerda gap MIUI 12 proshivkalarining har hafta tarqatiladigan xitoycha beta-talqinlari haqida ketyapti. Ya’ni, quyida keltirilgan smartfonlar, agarda mana bu xabarimizdagi ro‘yxatga kirgan bo‘lsa, yakuniy MIUI 12 proshivkasi chiqqanidan so‘ng yangilanadi, ammo shungacha ularning egalari har haftalik beta-sinovlarda ishtirok eta olishmaydi.

Shunday qilib, 20 iyundan quyidagi rusumlarga mansub smartfonlarga beta-versiyalar tarqatilishi to‘xtatiladi:

  1. Xiaomi Mi 6
  2. Xiaomi Mi 6X
  3. Xiaomi Mi Note 3
  4. Xiaomi Mi Mix 2
  5. Xiaomi Redmi Note 5

Sal keyinroq – 5 sentyabrdan esa mana bu smartfonlarga ham MIUI 12 beta-talqinlari kelmay qo‘yadi:

  1. Xiaomi Mi 8
  2. Xiaomi Mi 8 SE
  3. Xiaomi Mi 8 Explorer
  4. Xiaomi Mi 8 Youth
  5. Xiaomi Mi 8 UD
  6. Xiaomi Mi 8 Lite
  7. Xiaomi Mi 8 Pro
  8. Xiaomi Mi Max 3
  9. Xiaomi Mi Mix 2s
  10. Xiaomi Mi Mix 3
  11. Xiaomi Mi Mix 3 5G

Eslatib o‘tamiz, MIUI 12 asosidagi yangi proshivkani qabul qilgan smartfonlarning hammasida ham undagi eng innovatsion yangiliklar – yangicha kamera ilovasi, superoboylar va animatsiyali belgilar ishlayvermas ekan. Ushbu imkoniyatlar taqdim etiladigan smartfonlarning uchta ro‘yxatini esa mana bu xabarimizda e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!