16 yoshli yurtdoshimizning iPhone X’ini olib qochgan 4 yigit qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  564
  •  23.10.2020 08:13

16 yoshli yurtdoshimizning iPhone X’ini olib qochgan 4 yigit qo‘lga olindi

Andijon viloyatida 16 yoshli bolaning iPhone X’ini o‘g‘irlab ketgan 4 nafar yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabariga asoslanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Ma’lum bo‘lishicha, 16 oktyabr kuni soat taxminan 19:30 larda 19 yoshli K.X., B.I., X.M. va 18 yoshli S.U. o‘g‘rilik uchun o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirgan. Andijon tumani «Chem» MFY hududidan o‘tuvchi Andijon—Asaka avtomobil yo‘lida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida 16 yoshli B.I.ning iPhone X rusumli telefon apparatini foydalanish maqsadida so‘rab olgan va ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, Matiz’ga o‘tirib qochib qolishga uringan.

B.I. va uning otasi avtomashinaning ortidan yetib olib, qonunbuzarlarni qo‘lga olgan.

Holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K.X., B.I., X.M. va S.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib talonchilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida yigitlarning yana bir qator jinoyatga aloqadorligi aniqlangan. Hozirda ushbu holatlarga ham huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.

O‘QING: Video: atigi 500 dollarga haqiqiy iPhone X yig‘sa bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!