165 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan smartfon chiqmoqda

165 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan smartfon chiqmoqda

Shu yilning mart oyida ZTE kompaniyasi 66 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan Red Magic 6 smartfonini taqdim etgan edi. Endi ushbu smartfonning yangi avlodi - Red Magic 7 qurilmasi 165 vattda zaryadlanishi aytilmoqda. 

Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan Red Magic 6 hamda Red Magic 6 Pro smartfonlari 120 vattlik quvvatlash texnologiyasiga ega. Xalqaro bozor uchun ishlab chiqarilganlari esa 66 vattda quvvatlanadi. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, xalqaro bozor uchun sotuvga chiqadigan Redmi Magic 7 smartfonlarida ham katta ehtimol bilan 165 vattlik quvvatlash texnologiyasi bo‘lmaydi. 

Hozirda bu eng tezkor quvvat beruvchi texnologiya hisoblanmaydi. Avvalroq Xiaomi 200 vattlik HyperCharge texnologiyasini taqdim etgan edi. Ushbu texnologiya 2022 yilda ishlab chiqariladigan Xiaomi smartfonlariga o‘rnatilishi kutilmoqda. 

Agar nubia Red Magic 7 smartfoni ertaroq taqdim etilsa, ushbu qurilma vaqtincha dunyodagi eng tezkor quvvatlanuvchi smartfon maqomiga ega bo‘ladi. 

Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, Red Magic 7 smartfoni Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Kelasi hafta Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etiladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!