17 oktyabrda namoyish etiladigan OnePlus 6T flagmanini MUTLAQO BEPUL olasizmi?

  •   DiMaX
  •  2452
  •  01.10.2018 13:13

17 oktyabrda namoyish etiladigan OnePlus 6T flagmanini MUTLAQO BEPUL olasizmi?

«Flagmanlar kushandalari»ni taqdim etib kelayotgan xitoylik kompaniyaning navbatdagi – OnePlus 6T smartfoni namoyishiga oz vaqt qoldi. Garchi u «oraliq» modeli bo‘lsa-da, bir qator yangi funksiya va yangicha imkoniyatlar bilan boyitilgan.

O‘QING: Bollivud afsonasi allaqachon OnePlus 6T flagmanini «jonli» ko‘rsatyapti! (rasmiy video)

OnePlus kompaniyasi ushbu smartfonining muvaffaqiyatiga yuz foiz ishongan holda, barcha xohlovchilar uchun OnePlus 6T sinovida qatnashish va uni bepul olish imkonini beruvchi dasturni ishga tushirdi.

The Lab deb nomlanuvchi mazkur sinov dasturi 2015 yildan buyon taqdim etilib kelayotir. OnePlus kompaniyasi mazkur test doirasida dunyo bo‘ylab talabgorlardan tanlab olib, sanoqli kishilarga hali taqdim etilmagan smartfonidan bittadan beradi. Sinovchilar esa yangi smartfonni ishlatib ko‘rib, taqdimot paytida u haqdagi taassurotlarini boshqalar bilan bo‘lishadilar. Bunda kompaniya ularning taqrizlari uchun hech qanaqa talab qo‘ymaydi: ishlatib ko‘rgan sinovchi bu smartfon haqida qanday fikrda bo‘lsa – o‘shani boricha bayon etadi. Darvoqe, mazkur kompaniya bundan avvalgi – OnePlus 6 modelidan ham bir nechtasini The Lab dasturi doirasida tekinga tarqatgan.

The Lab dasturida barcha talabgorlar orasidan faqat 10 nafari tanlab olinadi. Ular shunchaki tasodifiy olinmasligini ta’minlash maqsadida, ariza beruvchilar uchun bir necha sinovlar joriy etilgan. Jumladan, dasturda ishtirok etishni xohlagan kishi o‘zining hozir ishlatayotgan smartfoni haqida ingliz tilida taqriz yozishi, unda o‘zi tushirgan eng yaxshi suratni taqdim etishi, shuningdek, OnePlus mahsulotlariga chindan ham qiziqishini isbotlash uchun rasmiy forumdagi akkauntini taqdim etishi lozim.

Agarda siz ham The Lab dasturi doirasida OnePlus 6T flagmanini mutlaqo tekinga olishni istasangiz va o‘zingizga ishonsangiz, mana bu havola orqali o‘tib, ariza to‘ldirib, tanlovda qatnashishingiz mumkin. Mazkur smartfonning «jonli» video va rasmlarini, texnik jihatlari xususidagi ma’lumotlarni esa avvalgi bir qator maqolalarimizda e’lon qilganmiz.

O‘QING: Mish-mishlar: OnePlus 6T kuzda sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!