18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

  •   DiMaX
  •  1774
  •  04.02.2019 18:23

18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

Zamonaviy gadjetlarga, internetga va o‘yinlarga bog‘lanib qolish o‘smir-yoshlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir etishi aniq. Bu tobelik sababli ayrimlar hatto o‘zini o‘ldirishgacha borishmoqda...

O‘QING: Smartfonga tobelikdan qutulsa bo‘ladi!

Keyingi paytlarda Hindiston yoshlari orasida shunday holatlar ko‘payib borayotgani aytilmoqda. Jumladan, Mumbay (Bombey) shahridagi Nehru Nagar ismli 18 yashar yigitcha, ota-onasi 500 dollarlik smartfon olib bermagani uchun o‘z joniga qasd qilgan.

BGR nashri yozishicha, Nehru ommabop PUBG Mobile o‘yini uchun kuchli smartfon olib berishlarini talab qilgan. Ammo ota-onasi smartfon uchun 280 dollargacha mablag‘ ajrata olishlarini aytishgan. Tortishuvlardan so‘ng yigitcha o‘z uyida xudkushlikni amalga oshirgan.

Aytish kerakki, avvalroq 11 yoshli bir bola PUBG Mobile o‘yini zo‘ravonlikni targ‘ib etishini aytib, uni taqiqlashni so‘rab Hindiston hukumatiga murojaat yo‘llagan. Shundan so‘ng mamlakatning ayrim hududlarida bu o‘yinni taqiqlay boshlashgan.

Shunisi ham borki, PUBG Mobile’ni bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab 200 milliondan oshiq odam o‘ynaydi. O‘tgan yili u Google Play’dagi eng yaxshi o‘yin deb e’tirof etilgan.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi