180 dollarga «beli baquvvat», 48 MP kamerali «to‘rtko‘z» smartfon chiqdi!

  •   DiMaX
  •  4096
  •  18.03.2020 16:09

180 dollarga «beli baquvvat», 48 MP kamerali «to‘rtko‘z» smartfon chiqdi!

Oppo korporatsiyaning Realme brendi avvalroq Realme 6 hamda Realme 6 Pro smartfonlarini taqdim etgan edi. Bular Xiaomi kompaniyasi «Yirtqich» deya maqtayotgan Redmi Note 9 hamda Note 9 Pro smartfonlarining eng asosiy raqiblari hisoblanadi.

O‘QING: «Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

Endi esa ushbu kompaniya Realme 6i rusumli yangi modelini namoyish qildi. Aytish kerakki, keyingi paytlarda ushbu qurilma eng ommabop smartfonlar reytingida o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelmoqda.

Kompaniya uni ikki xil – oq hamda yashil ranglardagi chipor korpus hamda Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlagan.

Realme 6i diagonaliga 6,5 dyuymlik, tasvir aniqligiga ko‘ra Full HD+ formatli displeyga ega. Ushbu ekran korpus old yuzasining salkam 90 foizini egallagan.

O‘QING: DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Uning tomchisimon kemtigida esa 16 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

Shuningdek, Realme 6i modeli MediaTek Helio G80 protsessorli dunyodagi ilk smartfon hamdir.

O‘QING: OPPO rekordchi selfifon – Reno 3 Pro hamyonbop flagmanini namoyish qildi

Smartfonning 5000 mA/soatlik akkumulyatori USB Type-C porti orqali 18 vattlik usulda tezkor quvvatlanadi.

Korpusning orqa panelida barmoq izi skaneri, pastki qirrasida esa 3,5 millimetrlik standart quloqchin tirqishi mavjud.

O‘QING: Realme X50 Pro 5G sotuvda: Xiaomi Mi 10 raqibi undan arzon va atigi 35 daqiqada quvvatga to‘ladi!

Realme 6i bosh kamerasi to‘rtta modulni o‘z ichiga oladi; asosiy datchikning aniqligi 48 megapikselga teng. Unga 8 megapiksellik ultra keng burchakli kamera, shuningdek, har biri 2 megapiksellik aniqlikdagi portret hamda makros’yomka kameralari hamrohlik qiladi.

Kompaniya ushbu smartfonini tezkor/ichki xotirasiga ko‘ra ikki xil konfiguratsiyada taklif etadi. Uning 3/64 gigabaytligi 180 dollarga, 4/128 gigabaytligi esa 215 dollarga teng narxda sotiladi. Realme 6i mart oyining oxirlarida bir nechta mamlakatlar bozorlariga rasman chiqariladi.

O‘QING: Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!