18GB tezkor xotira hamda 1TB doimiy xotiraga ega bo‘lgan flagman smartfon chiqmoqda

18GB tezkor xotira hamda 1TB doimiy xotiraga ega bo‘lgan flagman smartfon chiqmoqda

ZTE Mobile'ning ma’lum qilishicha, kompaniya 25-noyabr kuni o‘zining ZTE Axon 30 Ultra Aerospace Edition smartfonini taqdim etadi. 

Ushbu smartfon 18GB tezkor xotira hamda 1TB doimiy xotira bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, smartfon UFS 3.1 flesh-xotirani kengaytirish texnologiyasiga ham ega bo‘ladi, shuning uchun mavjud operativ xotira 20GB dan oshishi mumkin. 

Shuningdek, smartfon sifatli suratlarni olish uchun mo‘ljallangan texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib, u turli xil sensorlardan kelayotgan ma’lumotlarni birlashtiradi. 64 megapikselli asosiy kamera uchta tasvir sensori bilan jihozlangan. Smartfon kamera modulidan 5x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 8MP telefoto kamera ham o‘rin olgan. 

O‘QING: Galaxy A33 5G'ning akkumulyator hajmi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!