19 ta Xiaomi va Redmi smarfonlari Android 12 operatsion tizimiga o‘tishni boshladi

19 ta Xiaomi va Redmi smarfonlari Android 12 operatsion tizimiga o‘tishni boshladi

Xiaomimiui bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta Xiaomi hamda Redmi smartfonlari MIUI 12.5 garfik qobig‘i bilan Android 12 tizimiga o‘tishni boshladi.

MIUI 13 hali taqdim etilganiga qaramay, Android 12 tizimining o‘zi ham smartfonlarga bir qancha yangi funksiyalarni taqdim etadi. 

Bir necha yillar avval Xiaomi va Redmi qurilmalarida bir qo‘lli rejim bo‘lar edi. Biroq ushbu rejim MIUI 8 grafik qobig‘idan olib tashlangan edi. Endi ushbu rejim yana MIUI'ga qaytarildi. 

Extra Dim funksiyasi ekrandagi yorqin ranglarni qoralashtiradi va qorong‘uda smartfondan foydalanganda ko‘zni himoya qiladi. Ushbu funksiya Android 12 tizimda paydo bo‘lgan edi, Xiaomi ham uni o‘z mikrodasturiga kiritdi. 

Shuningdek, tizim bir qancha yangi funksiya va imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. 

Android 12 Beta hozirda quyidagi qurilmalarga jo‘natilmoqda: 

Mi 10

Mi 10 Pro

Mi 10 Ultra

Xiaomi Civi

Redmi K40 Game Enhanced Edition

Redmi Note 10 Pro 5G

Mi 11

Mi 11 Pro

Mi 11 Ultra

Mi 11 Lite 5G

Redmi K40 Pro

Redmi K40 Pro+

Redmi K40

Mi 10S

Xiaomi Mix 4 

Ushbu qurilmalar Android 12'ni bir yoki ikki hafta ichida qabul qilishni boshlaydi: 

Redmi K30 Pro

Redmi K30 ProZoom

Redmi K30S Ultra

Redmi Note 10 5G 

O‘QING: MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining ro‘yxati bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!