192 megapiksel kamerali smartfon chiqmoqda

192 megapiksel kamerali smartfon chiqmoqda

Yangi qurilmalar haqida ma’lumotlar sizdiruvchi Digital Chat Station 192 megapiksel rezolyutsiyali kameraga ega va Snapdragon 765G (SM7250) chipida ishlovchi smartfon haqida oshkor qildi.

Samsung 150MP 1" sensori ustida ishlashni boshlab yuborgani va bu datchik birinchi bo‘lib Xiaomi smartfoniga mana shu yilning o‘zida o‘rnatilishi haqida ilgariroq xabar bergan edik. Eslatib o‘tamiz, Xiaomi 108MP kamerali smartfon chiqargan ilk kompaniya hamdir. Bu safar esa 150 megapiksel hajmli kamera Oppo va vivo qurilmalariga birinchi bo‘lib o‘rnatiladi.

Snapdragon 765G chipi o‘rnatilayotganidan bilish mumkinki, bu smartfon o‘rta toifaning yuqori sinfiga mansub bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi kamerasi naq 144 MPlik ikkita smartfon tayyorlayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!