1987 yilda chiqqan video o‘yin 870 ming dollarga sotildi

1987 yilda chiqqan video o‘yin 870 ming dollarga sotildi

Nintendo 1987 yilda chiqargan The Legend of Zelda («Zelda afsonasi») o‘ynining ochilmagan nusxasi auksionda 870,000 AQSh dollariga sotildi, deya yozmoqda OregonLive nashri.

O‘QING: Pokemon GO chiqqanidan buyon qancha pul ishlab olganini tasavvur ham qilolmaysiz!

Dallas shahrida joylashgan Heritage Auctions'ning ma’lum qilishicha, o‘yin juma kuni sotilgan.

Kim oshdi savdosi uyining ta’kidlashicha, yuqoridagi o‘yin 1987 yil oxirida faqatgina bir necha oy davomida, cheklangan miqdorida ishlab chiqarilgan partiyadagi noyob versiya bo‘lgan. The Legend of Zelda 1986 yilda taqdim qilingan ommabop xayoliy sarguzasht o‘yin hisoblanadi.

«The Legend of Zelda o‘yin olamidagi eng muhim sarguzashtlardan birining ibtidosi bo‘lgan; uning tarixiy ahamiyati yuqori ... u haqiqiy kolleksioner buyumidir», deydi Heritage'ning video o‘yinlar bo‘yicha mutaxassisi Valari MakLeki.

Bundan ilgari, aprel oyida kim oshdi savdosi uyi Nintendo Super Mario Bros. o‘ynining 1986 yilda sotib olingan, lekin stol tortmasida unutib qoldirilgan ochilmagan nusxasini 660 ming dollarga sotgan edi.

O‘QING: 2021 yilning 1-yarmidagi eng ommabop o‘nta o‘yin (Twitter reytingi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!