2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  7125
  •  01.11.2019 14:03

2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlari yuqori sifatidan tashqari, baland narxga ham ega. Shunga qaramasdan, butun dunyoda ularga talab katta, O‘zbekistonda ham sotib olish mumkin.

O‘QING: Yangi taqdim etilgan iPhone 11’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Lyuks mahsulotlari bilan tanilgan Caviar brendi iPhone 11 Pro flagmanlarining Discovery nomli yangi turkumini taqdim etdi. Ular Quyosh tizimi mavzusida, qimmatbaho metallar qo‘llangan holda yasalgan va eng narxi balandi Solarius nomini olgan.

Caviar iPhone 11 Pro Discovery Solarius modelini tayyorlash uchun naq 500 gramm miqdorida 750 probali sof oltin ishlatilgan! Uning narxi 70 000 AQSh dollaridan oshadi, eng qimmati esa ichki xotirasi 512 gigabaytligi bo‘ladi – naq 71 520 dollar!

O‘QING: iPhone ba’zilarni qo‘rqityapti. Siz-chi? Siz qo‘rqmayapsizmi?

Lekin gap faqat smartfonning oltindan ishlanganida emas. Lyuks brend tayyorlagan iPhone’larning korpusi o‘rtasida soat mexanizmi o‘rnatilgan. Undagi 12 soni o‘rniga sariq brilliant qadalgan. Caviar dizaynerlari bu bilangina qoniqmasdan, korpusga yana ko‘plab brilliantlar o‘rnatishgan.

Mana, uni videoda tomosha qilib hayratlanamiz:

Caviar hamda Apple fanatlari bunchalik miqdorda oltin ishlatilmagan, «arzonroq» iPhone’larni tanlashlari ham mumkin. Masalan, ushbu turkumdagi Mars, Terra hamda Luna versiyalarining narxlari 8 100 dan to 8 260 dollarigacha boradi.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa, garchi oltindan yasalgan bo‘lmasa-da, turli rusumlardagi iPhone’larni bularga nisbatan o‘ta arzon – atigi 3 760 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!