2 dekabr – Ford kompaniyasi birinchi konveyerni ishga tushirgan sana

2 dekabr – Ford kompaniyasi birinchi konveyerni ishga tushirgan sana

1913 yilning 2 dekabr sanasida Genri Ford kompaniyasi Detroyt shahridagi Xaylend Park zavodida birinchi avtomobil yig‘ishga mo‘ljallangan konveyerni ishga tushiradi. O‘sha vaqtlarda avtomobillarga talab taklifga qaraganda sezilardi darajada yuqori bo‘lgan. Yangi konveyerni yo‘lga qo‘yish orqali Ford Motor Company bitta avtomobilni yig‘ish vaqtini qariyb 10 soatga qisqartirishga muvaffaq bo‘ladi (12 soat va 30 daqiqadan 2 soatu 40 daqiqaga).

Ferra nashrining yozishicha, ushbu zavod bir yil ichida umumiy miqdorda 202 mingta avtomobil ishlab chiqaradi. 1920 yilga borib Ford Motor Company zavodlarida tayyorlangan mashinalarning soni 1 milliondan ortadi.

Genri Ford yangi zavodlar tashkil qilish yordamida avtomobilni yig‘ish jarayonini ancha soddlashtirish va unga sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.