2 iyulgacha aksiya: megabaytlar va daqiqalarni ikki baravar arzon almashtiring!

  •   DiMaX
  •  2677
  •  03.06.2021 09:40

2 iyulgacha aksiya: megabaytlar va daqiqalarni ikki baravar arzon almashtiring!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi GSM standarti (Uzmobile uyali aloqa operatori) abonentlari uchun 30 kunlik internet-to‘plamlarga yoqimli o‘zgarishlar joriy etgani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, UZTELECOM o‘zining INTERNET-NON STOP to‘plamlariga ham shunaqa yoqimli yangilanishlar kiritgan.

O‘QING: Mobil operator 20 iyungacha aksiya e’lon qildi: naq 90 foizlik chegirma!

2021 yil 2 iyundan boshlab UZTELECOM milliy operatori mashhur yordamchi xizmati uchun «Foydali almashinuv» aksiyasi boshlanganligi haqida xabar berdi.

Aksiya shartlariga ko‘ra, UZTELECOM abonentlari 2021 yil 2 iyundan 2 iyulgacha bo‘lgan davrda «Foydali almashinuv» xizmatidan ikki baravar arzonlashtirilgan narxlarda foydalanishlari mumkin!

Shunday qilib, endi megabaytlarni 500/1000/2500 so‘mdan 100/200/500 daqiqaga mos ravishda almashtirasiz. Xuddi shu shartlar daqiqalarni megabaytlarga almashtirishda ham qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, «Foydali almashinuv» xizmati GSM abonenti uchun o‘z resurslarini qulay tarzda boshqarish, ya’ni daqiqalarni megabaytlarga yoki megabaytlarni daqiqalarga tez va qulay tarzda almashtirish imkonini beradi.

Xizmat quyidagi tarif rejalaridagi abonentlar uchun amal qiladi: «Salom Plus», «Uzmobile 1200», «Uzmobile 4000», «Uzmobile VIP», «Komfort», «Street», «Flash», «OnLime», «Street Upgrade», «Flash Upgrade».

Aksiya yuzasidan batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali «O‘zbektelekom» saytidan olish mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.