2 iyulgacha ikkita o‘yinni butkul olib qo‘yib, keyin ham bepul o‘ynang! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1015
  •  27.06.2020 11:53

2 iyulgacha ikkita o‘yinni butkul olib qo‘yib, keyin ham bepul o‘ynang! (+videolar)

Kishilar koronavirus pandemiyasi paytida zaruratsiz uydan chiqmasligiga hissa qo‘shish maqsadida o‘yinlarni bepul tarqatish an’anasi davom etmoqda. Epic Games do‘koni ham ikkita o‘yinni 2 iyulgacha tekinga olib qo‘yish imkonini berdi.

O‘QING: PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

Ulardan birinchisi Stranger Things 3: The Game deb nomlanadi va Netflix taqdim etgan «Juda g‘alati ishlar» seriali mavzusida ishlangan. Geymerlar unda ushbu serial qahramonlarining rolida o‘ynashlari mumkin.

Stranger Things 3: The Game o‘yinini saqlab olish uchun ushbu havola orqali Epic Games Store saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Tekinga trqatilayotgan o‘yinlarning ikkinchisi AER Memories of Old deb nomlangan va u chiroyli tasvirlarga boy sarguzashtlardan iborat. Unda qushga aylana oladigan bosh qahrmon bug‘lanib ketuvchi orollar olamini tdqiq etishi hamda qadimiy xarobalar va ma’budlar sirlarini ochishi kerak bo‘ladi.

AER Memories of Old o‘yinini o‘z kutubxonangizga qo‘shib qo‘yish uchun mana bu havola orqali EGS saytiga o‘tasiz. Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi ikkala o‘yinning ham bepul tarqatilish vaqti 2 iyul kuni tugaydi, lekin shungacha olib ulgursangiz, ularni keyin istalgan payt bepul o‘ynashingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: 72 yoshli bu boboy nega o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.