2 mln.dan ortiq odam telefoniga virus yuklab oldi

2 mln.dan ortiq odam telefoniga virus yuklab oldi

Google Play internet magazinida 155 ta dasturiy ilovalaprga o‘rnashgan troyanlar topildi. «Doktor Veb»ning hisob-kitobiga ko‘ra, virusni 2 million nafardan ortiq odam o‘z mobil qurilmasiga ko‘chirib olgan.

Troyan Android.Spy.305.origin nomini oldi. Virus o‘rnashgan ilovalar paydarpay reklamalar chiqarib, bemalol ishlashga halaqit beradi. Shuningdek, u serverda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va elektron pochta manzillarini o‘zlashtirib oladi.

Google kompaniyasi Android.Spy.305.origin virusi aniqlangani haqida ma’lum qildi. Biroq ayrim zararlangan dasturlar Google Play maydonida yuklab olish uchun hali ham turibdi. Ular orasida MaxMitek Inc, Fatty Studio, Gig Mobile, TrueApp Lab, Sigourney Studio, Doril Radio.FM, Finch Peach Mobile Apps va Mothrr Mobile Apps dasturiy ilovalarini uchratish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!