20 000 dollarlik AirPods chiqdi! Bilasizmi, uning siri nimada?

  •   DiMaX
  •  2613
  •  19.07.2019 18:22

20 000 dollarlik AirPods chiqdi! Bilasizmi, uning siri nimada?

Ayrim gadjetlarning cheklangan miqdorda maxsus qimmatbaho versiyalari ham ishlab chiqilishidan xabaringiz bor. Masalan, ming dollarlik Louis Vuitton High Snobiety, bitta smartfon narxidagi Nubia Pods quloqchinlari haqida yozganmiz.

O‘QING: Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...

Los-Anjeleslik dizayner Yan Delukka esa barchasidan oshirib AirPods quloqchinini tayyorladi – bir jufti naq yigirma ming dollar! Ushbu dizayner san’at olami va tijorat mahsulotlarini birlashtirish maqsadida «NEW MATERIALISM» kolleksiyasini tayyorlayapti, yangi quloqchin ham uning bir qismidir. Delukka mazkur jamlanmani ommabop Apple quloqchinlaridan boshlashga qaror qildi va yangi uslubdagi quloqchinni «Object No. 1» deb nomladi.

Xo‘sh, nega bunchalik qimmatligiga siz ham qiziqyapsizmi? Ushbu garnituraning korpusi sof oq tilladan quyilgan va har biriga naq o‘n mingta brilliant qadalgan!

Har bir «Object No. 1» o‘z raqamiga va yaratilish sanasiga ega. Qimmatbaho quloqchin jamlanmasiga yana quvvatlash uchun marmar taglik ham kiradi.

Tabiiyki, bunchalik hashamdor va qimmat AirPods uchun xaridor ko‘p bo‘lavermaydi. Shuni hisobga olib hamda eksklyuzivlik nuqtai nazaridan, Yan Delukka brilliantli AirPods’dan atigi 25 juft tayyorlagan, xolos. Agarda o‘quvchilarimiz orasida unga talabgorlar bo‘lsa, dizayner bilan uning Instagram-akkaunti orqali bog‘lanishlari mumkin.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa, garchi oltindan ishlanmagan va brilliantsiz bo‘lsa-da, o‘z vazifasini bemalol uddalay oluvchi turli quloqchin va Bluetooth-garnituralarni atigi 76 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Ming dollarlik Galaxy Note 9 qimmatmi? 57 ming dollarligi ham bor, bir kilo sof oltindan!