20 aprelda chiqayotgan Apple AirPods 3 dizayni butkul yangicha! («jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  763
  •  16.04.2021 13:25

20 aprelda chiqayotgan Apple AirPods 3 dizayni butkul yangicha! («jonli» surat)

Apple korporatsiyasining navbatdagi tadbiri 20 aprelga belgilanganligini Siri raqamli yordamchisi sotib qo‘ygan edi. Keyinroq kompaniyaning o‘zi ham buni rasman tasdiqlagan.

O‘QING: Endi namoyish etiladigan iPad Pro va iPad mini 6 ilk «jonli» suratlarda!

O‘sha kuni keng jamoatchilikka ko‘rsatilishi kutilayotgan gadjetlar orasida yangi avlod – Apple AirPods 3 rusumli butkul simsiz quloqchin ham bor. Biz avvalroq uning birinchi AirPods, AirPods 2 hamda AirPods Pro bilan solishtirib ko‘rsatilgan rasmini e’lon qlgan edik.

Internetda uchinchi avlod AirPods’ning yangi surati tarqaldi va unga ko‘ra, quloqchin shakli kuchli o‘zgargan: uning «oyoqcha»lari kaltaroq, yuqori qismi esa dumaloqroq. Aksessuarning keysi ham oldingilariga nisbatan to‘g‘riroq burchaklarga ega bo‘lgan, ammo ixchamligicha qolgan.

AirPods 3 ovoz sifati hamda funksionalligida qanday o‘zgarishlar mavjudligi hozircha aniq emas. Nisbatan qimmatroq AirPods Pro modelidagi faol tarzda shovqin to‘sish imkoniyati bu quloqchinga ham joriy etilishi kutilmoqda.

Darvoqe, AirPods Pro’ning xitoyliklar tayyorlagan klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilayotgani videosini ko‘rganmidingiz? Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkinligi haqidagi qo‘llanmamiz ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!