20 may kuni taqdim etilayotgan Redmi Note 7S smartfonini Xiaomi India rahbari «jonli» ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  2227
  •  18.05.2019 10:32

20 may kuni taqdim etilayotgan Redmi Note 7S smartfonini Xiaomi India rahbari «jonli» ko‘rsatdi

Redmi brendi o‘zining Redmi K20 flagmanini «Iblislar qiroli» deya reklama qilayotgan bir paytda, kompaniya yana bitta smartfon tayyorlabdi. Redmi Note 7S deb nomlangan ushbu yangi modelni 20 may kuni rasman namoyish etishadi.

O‘QING: «Katta iblis» laqabli Redmi K20 chindanam «kushanda» ekan: AnTuTu’da u salkam 460 000 ballik rekord qo‘ydi!

Xiaomi vitse-prezidenti hamda korporatsiyaning Hindistondagi ijrochi direktori Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) kuni kecha – 16 may sanasida Twitter orqali chiqish qilgandi. Maazkur postida u 20 may kuni 48 MPlik kameraga ega Redmi Note 7S smartfoni taqdim etilishini aytgan:

Avvalroq tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, «fillar o‘lkasi»da Redmi Note 7S nomi bilan o‘sha mashhur Redmi Note 7’ning xitoycha versiyasi chiqadi. Zero, uning Hindistonda namoyish qilingan talqinida bosh kamera atigi 12 va 2 megapiksellik modullarni o‘z ichiga oladi.

O‘QING: Redmi Note 7 global versiyada taqdim etildi, lekin afsuski, u xitoychasidan farq qiladi

Xiaomi India rahbari Manu Kumar Jeyn kecha – 17 may kuni o‘zining Twitter-akkauntida uning suratini ham e’lon qildi. U qo‘lidagi smartfonning 48 megapiksellik kamerofon ekanini va orqa paneli Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplanganini ta’kidlagan:

Yuqoridagi rasmga razm solsak, Redmi Note 7S orqa paneli chindan ham xitoycha Redmi Note 7 bilan bir xil ekaniga amin bo‘lamiz. Yangi smartfonning 48 megapiksellik kamerasi orqali olingan bir nechta suratlarni kompaniya e’lon qilgan va ularni mana bu yerda batafsil ko‘rishingiz mumkin.

Demak, dushanba kuni Redmi Note 7S rasman namoyish etiladi va barchasiga aniqlik kiritiladi. Shu kungacha bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Redmi 7, Mi Play va Redmi Note 7 arzonlashdi! Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 13 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!