20 megapikselli Xiaomi-selfifoni bugun sotuvga chiqadi

20 megapikselli Xiaomi-selfifoni bugun sotuvga chiqadi

Bugun, ya’ni 2018 yilning 16 martida Xiaomi Redmi Note 5 Pro smartfoni rasman xalqaro bozorda sotuvga chiqariladi. Hindistonda boshlanadigan savdolarga smartfonning bir qator o‘ziga xos jihatlarga ega talqini sotuvga chiqariladi. Taniqli insayder Roland Kvandtning ma’lum qilishicha, Xiaomi Redmi Note 5 Pro smartfoni
ko‘p o‘tmasdan Yevropa va boshqa davlatlarda ham sotila boshlaydi.

Devays Xitoy va Hindistonda 218 AQSh dollaridan (4+64 Gb) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB) sotiladi.

Yevropada Xiaomi Redmi Note 5 Pro modelining 32 GB va 64 GB sig‘imli doimiy xotiraga ega talqinlari sotuvga chiqariladi. Kichik talqin 284, yuqori talqin 320 AQSh dollaridan sotiladi. Hozircha Yevropada sotiladigan Redmi Note 5 Pro qaysi jihatlari bilan farqlanishi ma’lum emas.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro modeli 5,99 dyuymli, IPS-matritsali hamda 2160 ga 1080 piksel (FHD+) sig‘imli ekrani, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 636 protsessori (2,0 GGs), 4/6 GB operativ xotirasi bilan o‘ziga xos. Ekran 2.5D shaklidagi bezak hamda Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

Shuningdek, devays bosh kamerasi qo‘sh sensorli - 12 Mp + 5 Mp. Va eng muhim jihati - 20 megapikselli selfi kamerasi.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro quvvatiga javobga bo‘lgan akkumulyatorning elektr toki sig‘imi 4000 mA soat va Quick Charge 2.0 funksiyasi yordamida uni yarim soatda 60 foizga to‘ldirish mumkin.

Shu bilan birga, X9 LTE mobil modemi aloqa sifati uchun javobgar bo‘ladi. Aytish kerakki, Snapdragon X12 LTE mobil aloqa modemi Xiaomi Redmi Note 5 Pro'dagi aloqa sifati uchun mas’ul bo‘lgan innovatsion apparat ta’minotidir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.