20 milliondan oshiq bepul VPN foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari internetga chiqib ketdi

  •   DiMaX
  •  1359
  •  20.07.2020 12:14

20 milliondan oshiq bepul VPN foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari internetga chiqib ketdi

Internet ishlatuvchilar ayrim resurslarga kirish uchun odatda bepul VPN servislaridan foydalanishadi. Lekin buning ham xavfli jihatlari bo‘lishi mumkinligini ko‘pchilik anglab yetmaydi.

O‘QING: Ushbu ilova sizda ham bo‘lsa, uni hoziroq o‘chirib tashlang!

Isroilning kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi vpnMentor kompaniyasi xabar berishicha, tekin VPN ilovalaridan foydalanayotgan yigirma milliondan oshiq yuzerning shaxsiy ma’lumotlari internetga chiqarilgan. Bular – elektron pochta manzili va paroli, IP-manzil va uy manzili, smartfon modeli, qurilma identifikator va boshqa texnik tafsilotlardir.

Ular orasida UFO VPN, FAST VPN, Free VPN, Super VPN, Flash VPN, Secure VPN va Rabbit VPN kabi keng tarqalgan VPN-tarmoqlar foydalanuvchilarining ham ma’lumotlari bor.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunaqa ilovalardan foydalanuvchi kishilar odatda texnik masalalardan bexabar bo‘lishadi. Ular asosan biror hududda cheklangan saytga kirish, o‘yinda bir nechta akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish kabi maqsadlarda VPN ishlatishadi. Biroq bu servislarning tekin taqdim etilayotganlari anonimlikni va muhofazani yetarli darajada ta’minlab bera olmasligini tushunib yetishmaydi.

O‘QING: Nima uchun VPN'dan foydalanish kerak? (+bonus)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!