20 Mp selfi-kamerali Oppo F5 taqdim qilindi. Ilk selfilar olishga ham ulgurishdi.

20 Mp selfi-kamerali Oppo F5 taqdim qilindi. Ilk selfilar olishga ham ulgurishdi.

26 oktyabrda Oppo kompaniyasi o‘zining ilk romsiz va selfiga mo‘ljallangan F5 smartfonini taqdim qildi.

Oppo iPhone flagmanidan ta’sirlanadigan ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgani bois, uning texnik jihatdan ilg‘or gadjetlari "istarasi"dan iPhone smartfonlariga o‘xshab ketadi. Oppo F5 ham bundan mustasno emas.

To‘liq metall korpusli Oppo F5 6 dyuymli, 2160x1080 piksel sig‘imli ekranga ega. Devaysga Helio P23 protsessori, 4/6 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan.

Oppo F5 orqa paneldagi kameraga 16 megapikselli, bir sensorli kamera o‘rnatilgan. Uning yorug‘lik taqsimlovchi moslamasi f/1.8 standartli. Shu bilan birga, selfi-kamera uchun tanlangan 20 megapikselli modul avtoportret uchun ayni muddao. Chunki, bu kameraning portret rejimi "aqlli tizim"ga ega bo‘lgan va bu tizim surat sifatini to‘liq qayta ishlaydi. Selfi olganda ekran old fotochaqnoq vazifasini bajaradi. 

Oppo F5 elektr toki sig‘imi 3200 mA soat bo‘lgan akkumulyator, aloqaning Wi-Fi, GPS, 4G LTE tarmoqlari bilan ta’minlangan. Devays Android 7.1.1 Nougat'ning o‘zlashtirilgan Color OS 3.2 talqinida ishlaydi. Smartfonga bugundan boshlab buyurtma berish mumkin. Oppo F5 300 AQSh dollariga baholangan.

Quyida Oppo F5 old kamerasida olingan ilk suratlarga baho bering.