20 soat video namoyish qiladigan LG smartfoni taqdim qilindi

20 soat video namoyish qiladigan LG smartfoni taqdim qilindi

LG kompaniyasi rasman yangi smartfonini taqdim qildi. LG X500 nomini olgan hamyonbop turkumga kiruvchi mobil aloqa vositasi 4,500 mA soat tok sig‘imiga ega batareyasi bilan o‘ziga xos. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu quvvat unga 20 soat mobaynida video tomosha qilish imkonini beradi.

LG, shuningdek, X500 akkumulyatori 1 soatda o‘z quvvatini 50% ga to‘ldirib olishini ham aytgan. Smartfonning asosiy jihatlari qatoriga 5,5 dyuymli HD (1280 × 720 pikselli) displey, 13 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kamerani aytish mumkin.

Xabar berilishicha, qurilmada 1,5 GGs chastota tezligida ishlaydigan Mediatek MT6750 protsessori o‘rnatilgan. Undagi tezkor xotira sig‘imi 2 GB, doimiy xotira sig‘imi esa 32 GB.

LG X500 gadjetida Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.2 interfeysi, GPS signali qabul qiluvchi modul, NFC moduli mavjud. Apparat aloqaning 4-avlod LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga 2 ta SIM-karta o‘rnatish mumkin.

Gadjet Android Nougat operatsion tizimida ishlaydi. O‘lchamlari: 154,7 × 78,1 × 8,4 mm, vazni — 164 gramm.

Telefon 9 iyundan 285 AQSh dollaridan sotuvga chiqadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!