20 yildagi eng yirik yangilanish: uyingizda Wi-Fi endi 5G tezligida ishlaydi!

  •   DiMaX
  •  1307
  •  24.04.2020 16:10

20 yildagi eng yirik yangilanish: uyingizda Wi-Fi endi 5G tezligida ishlaydi!

AQShning Aloqa federal komissiyasi 6 gigagerslik chastotali diapazondan litsenziyasiz foydalanish imkoniyatini ochdi. Endi uni uy routerlarida 2,4 va 5 GGs.lik chastotalar bilan birga qo‘llanishi mumkin.

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!

Shu yilning oxirlariga borib, ya’ni biznesda ham yangi diapazonni qo‘llashga ruxsat berilganidan so‘ng unda ishlovchi yangi avlod marshrutizator (router)lar taqdim etila boshlaydi. Yangi chastota internetga yanada tezkor va xavfsiz ulanish imkonini beradigan bo‘ladi. Uni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar esa Wi-Fi 6E markirovkasi bilan belgilanadi.

«Bu – Wi-Fi chastotalari spektri bo‘yicha keyingi 20 yil mobaynidagi eng yirik yangilanishdir», deya ta’kidlaydi Wi-Fi Alliance marketing bo‘yicha direktori Kevin Robinson.

Wi-Fi 6E texnologiyasi – darajasiga ko‘ra 5G texnologiyasi bilan baravar yangi innovatsiyadir. Yangi ulanish standarti – 802.11be katta hajmlarda ma’lumotlar almashish, shuningdek, yanada mukammal «aqlli uy» infratuzilmasini sozlash imkonini beradi. Radioto‘lqinlar polosasining jiddiy kengaytirilishi esa ko‘pkvartirali uylarda yanada sifatli ulanishni ta’minlaydi. To‘g‘ri, buning uchun hozirgi routerlarimiz to‘g‘ri kelmaydi, balki Wi-Fi 6E markirovkasi bilan chiqadigan yangi avlod marshrutizatorlaridan olishimiz kerak bo‘ladi.

O‘QING: Wi-Fi parolini Android-smartfon orqali aniqlasa bo‘ladi!