20 yoshli ayolning qotilini «aqlli» soat va smartfon topib berdi

  •   DiMaX
  •  1197
  •  19.06.2021 17:43

20 yoshli ayolning qotilini «aqlli» soat va smartfon topib berdi

Turli zamonaviy gadjetlar kishilarning hayotini saqlab qolgani, shuningdek, qotilliklarni aniqlashda yordam bergani haqida xabarlar uchrab turadi. Gretsiyada yaqinda yuz bergan voqea ham shulardan biri bo‘lib, bu haqda Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Joriy yilning 11 may kuni 20 yoshli Kerolayn Krauch ismli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketilgandi. Mash’um voqeadan so‘ng uning eri – 32 yoshli uchuvchi Babis Anagnostopulos politsiyaga ma’lum qilishicha, uyga uch nafar shaxs o‘g‘rilikka tushgan. Ular taxminan 15 ming yevroni o‘g‘irlashgan, uy egasini bog‘lab qo‘yib, xotinini o‘ldirib ketishgan.

Shundan so‘ng politsiya jinoyatchilarni qidirishni boshladi, hatto ko‘mak berganlarga mukofot ham e’lon qilindi. Surishtiruv natijalarida gumon asli gruziyalik odamga borib taqaldi...

Biroq, tergov davomida marhumaning elektron qurilmalarini «elakdan o‘tkazgan» politsiyachilar er yolg‘on gapirgani va haqiqiy qotil ekanini fosh etishdi. Negaki, er o‘ldi degan vaqtda ayolning «aqlli» soati uning yuragi hali urib turganini qayd etgan. Haqiqat yuzaga chiqishida qotilning smartfoni ham yordam berdi – «jinoyatchilar tomonidan bog‘lab qo‘yilgan er» bu paytda uy bo‘ylab tinmay uyoqdan buyoqqa harakatlangan.

Oxir-oqibatda bu faktlar oldida ojiz qolgan Babis Anagnostopulos aybini bo‘yniga olgan.

O‘QING: Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi