200 dollar evaziga AMOLED displey va 108MP kamerali smartfon

200 dollar evaziga AMOLED displey va 108MP kamerali smartfon

Infinix o‘zining Note 12 seriyasini kengaytirishni davom etmoqda. Ushbu seriyada Helio G96 chipi bilan jihozlangan Note 12, shuningdek, Note 12i, Note 12 VIP va yaqinda taqdim etilgan Note 12 Pro 5G modellari bor edi. 

O‘tgan oyda kompaniya MediaTek Helio G99 chipiga ega bo‘lgan birinchi smartfonni taqdim etishini aytgan edi. Yangi Infinix Note 12 Pro 4G smartfoni kecha AliExpress ro‘yxatida paydo bo‘ldi. 

Yangi Note 12 Pro 4G texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha 5G modelga o‘xshaydi. Smartfonga FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli AMOLED displey, 33 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator va stereo dinamik o‘rnatilgan.

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, qurilma 108MP asosiy kamera, 16MP selfi kamera hamda ikkita 2MP qo‘shimcha kamerlarga ega. 

Texnik ko‘rsatkichlarga diqqat bilan e’tibor qaratsak, 4G modelni 5G modeldan farqli tomonlari borligini ham ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun, 4G modelning korpus qalinligi 7.8 millimetr bo‘lib, u 5G modeldan biroz ingichkaroq. 

Qurilmadagi ikkita SIM-karta qo‘yish mumkin, xotirani esa microSD kartasi bilan kengaytirsa bo‘ladi. Smartfonda NFC va 3.5 mm audio jek mavjud. 

Ikki qurilma orasidagi eng katta farq bu - 4G modelning Helio G99 chipi bilan jihozlanligida. 6 nanometrli jarayon asosida yaratilgan chip 2.2 gigagertsli Cortex-A76 va 2.0 gigagertsli Cortex-A55 yadrolari hamda Mali-G57 MC2 garfik protsessoriga ega. Qurilma 8GB tezkor (virtual RAM bilan 13GB gacha kengaytirish mumkin) va 256GB doimiy xotira bilan jihozlangan. 

Infinix Note 12 Pro 4G kulrang va ko‘k ranglarda sotuvga chiqadi. Uning narxi taxminan 275 dollarni tashkil qiladi. 18-22 iyul sanasi oralig‘ida esa smartfon narxi 200 dollarga tushishi mumkin. 

O‘QING: Xiaomi 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfon taqdim etishi mumkin 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!