200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

  •   DiMaX
  •  3347
  •  10.02.2021 18:14

200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Xitoydagi smartfonsozlardan bo‘lmish Blackview kompaniyasi o‘zining mustahkam himoyalangan telefonlari bilan tanilgan. «Qurilmalarni qiynovchi» vloger Zak Nelson uning proyektorli Blackview Max 1 smartfonini 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari reytingida e’tirof etib o‘tgan.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» texnobloger 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlarini e’lon qildi (+video)

Kompaniyaning ta’kidlashicha, uning navbatdagi smartfoni – Blackview BV6600 modelining akkumulyatorini bir oyda ikki marta zaryadlash yetarli bo‘ladi. buning uchun qurilmani qanday rejimda ishlatish kerakligini Blackview aniq aytmagan, lekin kutish rejimida uning avtonomligi salkam 800 soatga (ya’ni – 33 kunga!) boradi, deyapti.

Qizig‘i shundaki, batareyaning tok sig‘imi ham rekord darajada emas – 8580 mA/soatlik. Aftidan, avtonomlikni oshirishda nisbatan ixcham – 5,7 dyuymlik ekranning tejamkorligi va dasturiy ta’minot optimizatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.

O‘QING: Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

Blackview BV6600 smartfoni AQShning harbiy standarti – MIL-STD-810G talablariga javob beradi, shuningdek, uning korpusi IP69K darajasidagi himoyaga ham ega. Ma’lumki, hozirda ommabop bo‘lgan IP68 standartida himoyalangan gadjetlar 1,5 metrgacha suv ostida yarim soatgacha turib bera oladi. IP69K standartidagi himoya tavsifiga ko‘ra, bunday toifali devays yuqori bosim ostidagi qaynoq suvda yuvishga ham yaraydi.

Blackview BV6600 korpusi yana tirnash va zarbalarga ham chidamli, bir yarim metrlik balandlikdan qattiq yuzaga tushganda ham shikastlanmaydi.

O‘QING: OUKITEL F150 chiqdi: 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – atigi 110 dollar! (+video)

Bu smartfonni MediaTek Helio A25 protsessori, 4/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlashgan.

Blackview BV6600 old kamerasida Sony tomonidan ishlab chiqilgan 8 megapiksellik datchik qo‘llangan, bosh kamerasida esa 16 megapiksellik Samsung moduli ishlatilgan.

Blackview kompaniyasi AliExpress onlayn bozoridagi o‘zining rasmiy do‘konida bu smartfonini 199.99 dollarlik narx bilan sotuvga qo‘ygan. Uning qolgan xususiyatlari, rasmlari bilan tanishish va buyurtma berish uchun mana bu havola orqali o‘tish mumkin.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.