200 dollarlik Gionee M30 chiqdi: akkumulyatori naq 10 000 mA/soatlik smartfon-poverbank!

  •   DiMaX
  •  3326
  •  26.08.2020 16:15

200 dollarlik Gionee M30 chiqdi: akkumulyatori naq 10 000 mA/soatlik smartfon-poverbank!

Gionee kompaniyasi kuni kecha daktiloskopning joylashuvi bo‘yicha eng original smartfonni taqdim qilgan edi. Endi esa u o‘ta sig‘imdor batareyali Gionee M30 modelini namoyish etdi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: 8/256 GB xotirali smartfon – atigi 153 dollarga!

Gionee M30 smartfoni o‘ziga xos dizaynli metall romli korpusga, orqa paneli esa charmga o‘xshash qoplamaga ega. Displeyi diagonaliga 6 dyuymlik, unda IPS-matritsa qo‘llangan. Tasvir aniqligi esa HD+ formatida, ya’ni 720x1440 piksellik.

Bu qurilmaning asosiy faxri – 25 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oluvchi, tok sig‘imi naq 10 000 mA/soatlik batareyasidir. Smartfonning o‘zi ham poverbank vazifasini bajarishi, ya’ni USB-kabel orqali boshqa gadjetlarga zaryad berishi mumkin.

Gionee M30 protsessori – MediaTek Helio P60, tezkor/doimiy xotirasi esa tegishlicha 8/18 gigabayt hajmga ega. Smartfonning old kamerasi 8 megapiksellik, orqa panelda esa 16 megapiksellik yakka kamera va fotochaqnoq ostida barmoq izi skaneri ham joylashgan.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Gionee bu smartfonini 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 4.2 va GPS interfeyslari hamda USB Type-C porti bilan ta’minlagan. TENAA regulyatoridagi ma’lumotga ko‘ra, qurilma Android 9 Nougat opersion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Darvoqe, katta akkumulyatori evaziga Gionee M30 anchagina salmoqli ham – 305 gramm tosh bosadi. Korpusining o‘lchamlari esa 160,6x75,8x8,4 millimetrga teng. Ishlab chiqaruvchi uni Xitoyda avgustning oxirida sotuvga chiqaradi, unga taxminan 200 AQSh dollariga teng narx belgilangan.

O‘QING: Hamyonbop rekordchi: Galaxy M51 naq 7000 mA/soatlik akkumulyator bilan chiqyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!