200 dollarlik Samsung Galaxy F22 birinchi anboksing videoda!

  •   DiMaX
  •  1653
  •  03.07.2021 15:09

200 dollarlik Samsung Galaxy F22 birinchi anboksing videoda!

Kuni kechagina Samsung kompaniyasi navbatdagi «avtonomlik monstri» – Galaxy F22 smartfonining taqdimoti va xususiyatlarini rasman e’lon qilgan edi. Internetda uning qadog‘ini ochib, o‘zini yoqib ishlatib ko‘rsatilgan videosi paydo bo‘ldi.

O‘QING: Smartfonni zaryadlashdagi eng keng tarqalgan bu xatolikni siz ham takrorlayapsizmi?

Samsung Galaxy F22 modeli 6,4 dyuymlik Super AMOLED displeyga ega. Old kamera uchun tirqishli ekran HD+ formatida tasvir uzatadi, kadr yangilanishi esa 90 gerslik chastotada.

Videorolikda guvohi bo‘lishimiz mumkinki, qadoq jamlanmasiga smartfonning o‘zi va foydalanish qo‘llanmasidan tashqari, 15 vattlik quvvatlagich, zaryadlash va ma’lumot almashish uchun kabel va SIM-karta uyachasini chiqarish skrepkasi kiradi.

Samsung ushbu telefonini MediaTek Helio G80 protsessori bazasida tayyorlagan va 4/6 gigabaytlik tezkor hamda 64/128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Akkumulyatorining tok sig‘imi 6000 mA/soatlik bo‘lib, o‘rtacha ishlatganda smartfonning ikki kunlik avtonomligini ta’minlab bera oladi.

Hindistonda bu smartfon 6 iyul kuni, taxminan 200 AQSh dollariga teng narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)