200 million sovrin jamg'armali xalqaro turnir

200 million sovrin jamg'armali xalqaro turnir

IT Park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va O‘zbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi yordamida FRAGG kibersport portali bilan birgalikda CS:GO va DOTA 2 o'yinlari bo'yicha SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) ga a'zo davlatlar: Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston talabalari o'rtasida SCO STUDENTS CUP chempionatini o'tkazishini e'lon qildi.

To'rt kun davom etadigan kibersport chempionati SHHT sammiti doirasida o'tkaziladi va bunda Toshkentga o'z mamlakatlarining chempionlari kelishadi. Shu munosabat bilan IT Park O'zbekiston sha'nini himoya qila oladigan kibersportchilarni saralab olish uchun SCO STUDENTS CUP: UZBEKISTAN QUALIFICATION turniriga barcha talabalarni taklif qilmoqda. Ushbu turnirda g'olib bo'lgan o'yinchilar mukofot jamg'armasi 200 million bo'lgan xalqaro turnirning final bosqichiga chiqadilar.

O'zbekiston saralash bosqichiga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin:
https://frag.gg/tournament/184

Joylar soni cheklangan bo'lib, arizalar 7-maygacha qabul qilinadi.

O'QING: Infinity Ward yangi COD o'yinini e'lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!