200 Vt tezlikda zaryadlanadigan smartfonning taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

200 Vt tezlikda zaryadlanadigan smartfonning taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Vivo egalik qiladigan iQOO brendi tez kunlarda o'zining yangi iQOO 10 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniyaning rasmiy sahifalarida ulashilgan tizer suratlarga ko'ra, iQOO 10 qatoridagi smartfonlar Qualcomm'ning Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetiga ega bo'ladi va biz bo'lajak smartfonlarning BMW versiyasidagisini ham ko'rishimiz mumkin. Endilikda ma'lum bo'lishicha, yangi smartfonlar iyul oyining 19-sanasida Xitoyda taqdim qilinadi.

Xabarlarga ko'ra, iQOO 10 smartfonlari qatori oddiy va Pro modellar iborat bo'ladi. Ulashilgan tizer surat smartfonning yaqinda tarqatilgan renderlardagi ko'rinishini biroz bo'lsada tasdiqlaydi.

Qurilmaning texnik xususiyatlariga keladigan bo'lsak, u 6.78 dyuymli, 120Hz yangilanish tezligiga ega Quad HD+, AMOLED displey va uni ostida ultrasonik barmoq izini skanerlovchisi bo'lishi kutilmoqda. Kamera haqida gap ketganda esa iQOO 10 orqa tomonida ikki 50 MP va bitta 14.6 MP sensorlarga ega. Selfilar uchun 16 MP old kamera mavjud. Kapot ostida qurilma qanday chipsetga ega bo'lishi rasman ma'lum, lekin uning 16 GB operativ va 512 GB doimiy xotiraga ega bo'lishi haqidagi ma'lumotlar norasmiydir. iQOO 10 Pro smartfoni o'z raqiblarini quvvatlanish bo'yicha ortda qoldirishi mumkin, chunki u 200W tezlikda simli, shu bilan birga, 65W tezlikda simsiz zaryadlanishni qo'llab-quvvatlashi aytilgan.

O'QING: Asus'dan yangi "monster" geyming smartfoni