200MP kamerali Motorola smartfonining yangi taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

200MP kamerali Motorola smartfonining yangi taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Motorola kompaniyasi 2-avgust kuni dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfon va yangi Razr buklamafonini taqdim qilishi kutilayotgan edi. Biroq, tadbir o'tkazilishidan bir necha soat avval bekor qilindi. Taxminlarga ko'ra, bunga AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi munosabati bilan Xitoy va Tayvan o'rtasida keskinlik kuchaygani sabab bo'lgan.

Foto: GSMArena

Bugun esa, Xitoydagi Lenovo mobil telefon biznesi bo'limi bosh menejeri o'zining Weibo sahifasiga Moto Razr 2022 buklamafonining yangi tizer suratini joyladi. Rasmda yangi buklamafonning orqa tomondagi qo'shimcha ekrani va unda sana 11-avgust, payshanba, soat esa roppa-rosa 2:00 ekanligini ko'rish mumkin. Katta ehtimol bilan bu yangi tadbir sanasi va vaqti uchun ishora bo'lib, unda Moto Razr 2022 bilan birga Moto (Edge) X30 Pro smartfoni ham taqdim qilinadi. 

O'QING: Galaxy S23 Ultra chipseti va batareyasi haqidagi ma’lumotlar tarqatildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!